date

Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi

Turkiyaning “Kayserispor” klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov noma’lum muddatga maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar jarayonida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov “Kayserispor” safidagi debyutini 3 fevral kuni “Galatasaray”ga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan, bahs 0:4 hisobida yakunlangan. Turkiya chempionatida Makarovning jamoasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurashmoqda. Avvalroq yarim himoyachi Moskvaning “Dinamo”sida o‘ynagan va klubni tekinga tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi