date

Aldo Serena Milanni Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi

Aldo Serena Milanni Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi

Italiyaning “Inter” klubida to‘p surgan sobiq hujumchi Aldo Serena bu mavsum “Inter”ning asosiy raqibi bo‘lib turgan “Milan” haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoa hozircha raqibidan 5 ochko ortda bo‘lsa ham, chempionlik poygasida oxirgi turgacha kurash olib boradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Serena “Milan”ning imkoniyatlarini yuqori baholadi va buning sabablaridan biri sifatida “Inter”ning Yevropa Chempionlar ligasidagi taqvimini tilga oldi: ushbu turnir jamoaga katta kuch va energiya talab qiladi. Sobiq futbolchi hatto Skudetto poygasida “Milan”ni favorit sifatida ko‘rayotganini ham yashirmadi, deya uning so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Mart oyi boshida “Milan” va “Inter” o‘rtasidagi navbatdagi derbi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 8-mart kuni o‘ynaladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aldo Serena Milanni Skudetto uchun kurashadi deb hisoblaydi