"Formula-1"ning davomi Bred Pitt bilan rasmiy ravishda ishlab chiqilmoqda

"Formula-1"ning davomi Bred Pitt bilan rasmiy ravishda ishlab chiqilmoqda
Qisqacha

Bred Pitt bosh rolni ijro etgan "Formula-1" filmining davomi ustida rasman ish boshlandi. Prodyuser Jerri Brukxaymerning aytishicha, hozirda ssenariy ishlab chiqilmoqda, syujet, konsepsiya va aktyorlar tarkibi bo'yicha g'oyalar muhokama qilinmoqda. O'tgan yozda namoyish etilgan film jahon prokatida 630 million dollar yig'ib, Apple Original Films'ning eng muvaffaqiyatli reliziga aylandi va bu yil "Eng yaxshi film" nominatsiyasida "Oskar"ga nomzod bo'ldi.

Loyiha prodyuseri Jerri Brukxaymer BBC News’ga bergan intervyusida ijodkorlar bosh rolni Bred Pitt ijro etgan "Formula-1" kartinasining davomi ustida rasman ish boshlaganini aytdi.

Brukxaymerning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ssenariy ishlab chiqilmoqda. Uning ta’kidlashicha, syujet va konsepsiya bo‘yicha g‘oyalar ham, aktyorlar tarkibi ham faol muhokama qilinmoqda.

Avvalroq filmning muvaffaqiyati tufayli uning davomi bo‘lishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo endi buni tasdiqlangan ma’lumot deb hisoblash mumkin.

O‘tgan yozda namoyish etilgan "Formula-1" filmi jahon prokatida 630 million dollar yig‘di va Apple Original Films’ning eng muvaffaqiyatli reliziga aylandi. Bu yil u "Eng yaxshi film" nominatsiyasida "Oskar"ga nomzod bo‘ldi.

Filmning syujeti 62 yoshli faxriy poygachi Sonni Xeyz (Bred Pitt) atrofida bo‘lib, u uzoq vaqtdan so‘ng jamoa bilan Formula-1 start maydonchasiga qaytadi. Rejissyor Jozef Kosinski, hamprodyuser esa yetti karra jahon chempioni - poygachi Lyuis Xemilton.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar