date

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi yangi sport direktorini e’lon qildi — bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati bor, shu bois Delgado va Rikelme duetining asosiy vazifasi yaqin muddatda transfer masalalarini tartibga solish va “Boka”ni kuchaytirish bo‘ladi.

Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta o‘yin o‘tkazgan, jumladan 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

2003 yilda Marselo Delgado Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — u bu ko‘rsatkichni “Santos” hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi