date

Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida aytdi

Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida aytdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan tuzilgan shartnoma uzaytirildi. Yangilangan kelishuvga ko'ra, nemis mutaxassisi 2028 yilgacha milliy jamoada ishlashda davom etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuxel 2021 yilda "Chelsi"ni boshqargan paytida Yevropa chempionati o'yinlari "Uembli"da o'tganini eslab o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, stadiondagi muhit va butun mamlakatning hayajoni uni juda kuchli taassurotga solgan. Murabbiy o'shanda vakiliga qo'ng'iroq qilib, avval "Chelsi" bilan barcha sovrinlarni yutish, keyin esa Angliya terma jamoasida ishlash orzusi borligini aytgan.

Ma'lumot uchun, Tomas Tuxel "Chelsi"ni 2021 yil yanvaridan 2022 yil sentyabrigacha boshqargan. Angliya terma jamoasidagi lavozimni esa u 2025 yil boshida qabul qilib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish orzusi haqida aytdi