Syomin Safonovning PSJdagi o‘yinini yuqori baholadi

Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Yuriy Syomin «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida PSJ darvozaboni Matvey Safonovning hozirgi natijalari va ishonchli o‘yiniga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Syomin fikricha, Safonov bugun PSJda shubhasiz asosiy darvozabon maqomini qo‘lga kiritgan va start tarkibda maydonga tushishga loyiq ekanini isbotlagan. Murabbiy, agar darvozabon xatoga yo‘l qo‘ysa, o‘yin amaliyoti kamayishi mumkinligini ta’kidladi: «Futbolda hammasi mantiqan va qonuniy», dedi u.
26 yoshli posbon bu mavsum Liga 1 doirasida to‘rt uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o‘tkazib yubordi. Ikki o‘yinda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Safonov Chempionlar ligasida ham ikki uchrashuvda qatnashib, bir marta gol o‘tkazdi.
Darvozabonning fransuz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!