Tuxel Angliya terma jamoasini uzoqdan beri orzu qilgan

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel shartnomasini uzaytirdi. Nemis mutaxassisi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2028 yilgacha amal qiladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish istagi anchadan beri borligini ham yashirmadi. Uning aytishicha, 2021 yilda “Chelsi”ni boshqargan paytida Yevropa chempionati o‘yinlari “Uembli”da o‘tgani, stadiondagi muhit va butun mamlakat hayajoni unda alohida taassurot qoldirgan.
“O‘shanda vakilimga qo‘ng‘iroq qilib: ‘Bu — mening orzuim. Avval “Chelsi” bilan barcha sovrinlarni yutaman, keyin esa Angliya terma jamoasida ishlashni xohlayman’, degandim”, — deya murabbiy so‘zlarini keltiradi “uch sher” matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel “Chelsi”ni 2021 yil yanvaridan 2022 yil sentyabriga qadar boshqargan. Angliya terma jamoasidagi lavozimiga esa 2025 yil boshida kirishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!