date

Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi

Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi

Turkiyaning «Kayserispor» klubi safida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohat sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub bergan xabarga ko‘ra, tekshiruvlar davomida futbolchining o‘ng sonining yuqori qismidagi o‘rta mushak guruhida yengil shikastlanish va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Makarov «Kayserispor»dagi debyutini 3 fevral kuni «Galatasaray»ga qarshi uchrashuvda o‘tkazgan, o‘yin 0:4 hisobida yakunlangan. Rossiyalik futbolchi to‘p surayotgan jamoa turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Makarov avvalroq Moskvaning «Dinamo» klubida o‘ynagan va jamoani erkin agent sifatida tark etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Denis Makarov Kayserispor safida jarohat oldi