Monako bosh murabbiy litsenziyasi yoqligi uchun katta jarima tolaydi

"Monako" klubi bosh murabbiy Sebastyen Pokonoli bilan bog'liq holat sababli sezilarli miqdorda moliyaviy jazoga tortiladi, deb xabar bermoqda L'Equipe. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, mutaxassisning Liga 1da ishlash huquqini tasdiqlovchi litsenziyasi mavjud emas. Shu bois monakoliklar Pokonoli jamoani boshqargan har bir uchrashuv uchun 25 ming yevrodan to'laydi va jarima summasi hozirning o'zida 425 ming yevroga yetgan.
Belgiyalik murabbiy "Monako"ni o'tgan yili qabul qilib olgandi. Bugungi kunga kelib jamoa 28 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing