Flik «Barselona» bilan nimani orzu qilishini maʼlum qildi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga doirasida "Selta"ga qarshi oʻyin oldidan matbuot anjumanida chiqish qildi. U jamoaning kelajak rejalari va asosiy maqsadlari haqida gapirdi.
Flik oʻz nutqida aniq va kuchli pozitsiya bildirdi:
«Barselona» bilan Chempionlar ligasini yutish — mening asosiy orzum. Oʻylaymanki, biz buni yaqin yillarda amalga oshira olamiz. Buning uchun transfer bozorida toʻgʻri qarorlar qabul qilishimiz, xatolardan qochishimiz kerak. Jamoada rivojlanish uchun katta salohiyat bor va tuzilma ham yaxshi», — dedi mutaxassis.
Uning taʼkidlashicha, natijalarga erishish faqat maydondagi oʻyinga emas, balki klubning strategik qarorlariga ham bogʻliq. Toʻgʻri transfer siyosati va barqaror rivojlanish — asosiy omillardan biri.
Flik yana bir orzusini ham ochiqladi:
«Yana bir orzum — yangilangan stadionda ishlash. Qurilish qachon tugashini bilmayman, bu natijalarga ham bogʻliq. Men qoʻlimdan kelganini qilyapman va bu yerda oʻzimni juda baxtli his qilyapman. Oʻzimni katta oilaning bir qismi deb bilaman», — dedi u.
Hozirgi kunda "Barselona" Flik rahbarligida yirik maqsadlar sari yoʻl olmoqda va klub muxlislari bu orzular amalga oshishiga umid qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!