date

Tomas Tuhel Angliya termasini boshqarishni anchadan beri istagan

Tomas Tuhel Angliya termasini boshqarishni anchadan beri istagan

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuhel shartnomasini uzaytirdi. Yangilangan kelishuvga ko'ra, nemis mutaxassisi 2028 yilgacha termani boshqarishda davom etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tuhel 2021 yilda "Chelsi"ni boshqarib turgan paytda Yevropa chempionati o'yinlarini "Uembli"da kuzatib, o'sha muhitdan kuchli taassurot olganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, stadiondagi va butun mamlakatdagi hayajon o'zgacha bo'lgan va aynan shunda u vakiliga qo'ng'iroq qilib, kelajakda Angliya terma jamoasida ishlash orzusi borligini bildirgan.

Eslatib o'tamiz, Tuhel "Chelsi"da 2021 yil yanvaridan 2022 yil sentyabrigacha ishlagan. Angliya terma jamoasidagi lavozimiga esa 2025 yil boshida kirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tomas Tuhel Angliya termasini boshqarishni anchadan beri istagan