Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarishni uzoq orzu qilganini aytdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel shartnomasini uzaytirdi. Germaniyalik mutaxassis bilan yangilangan kelishuv 2028 yilgacha moʻljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuxel 2021 yilda “Chelsi”ni boshqargan paytida Yevropa chempionati oʻyinlarini kuzatib, “Uembli”dagi muhit unga alohida taʼsir qilganini taʼkidladi. Uning aytishicha, butun mamlakat hayajoni stadionda yaqqol sezilgan va aynan o‘sha paytda u vakiliga qo‘ng‘iroq qilib, “Chelsi” bilan barcha sovrinlarni yutib, keyin Angliya terma jamoasida ishlashni xohlashini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, Tomas Tuxel “Chelsi”ni 2021 yil yanvaridan 2022 yil sentyabrigacha boshqargan. U Angliya milliy jamoasi murabbiyi sifatida 2025 yil boshida ish boshlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing