Denis Makarov Kayserisporda jarohat olib safdan chiqdi

Turkiyaning «Kayserispor» klubida to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Denis Makarov jarohati sabab noma’lum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tekshiruvlar yakuniga ko‘ra, futbolchining o‘ng sonining yuqori qismida joylashgan mushaklar guruhida yengil shikast va shish aniqlangan. Hozirda davolanish jarayoni davom etmoqda.
Makarov «Kayserispor» safida 3 fevral kuni «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda debyut qilgandi. Uchrashuv 0:4 hisobida yakunlandi, jamoa turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ligada qolish uchun kurash olib boryapti. Avvalroq u Moskvaning «Dinamo»sida o‘ynagan va klubni erkin agent sifatida tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing