Tuxel Angliya termasini boshqarishni uzoqdan beri orzu qilganini aytdi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel shartnomasini uzaytirdi. Yangilangan kelishuvga ko'ra, nemis mutaxassis 2028 yilgacha milliy jamoada ishlashda davom etadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarish istagi ancha oldin paydo bo'lganini ham yashirmadi. Uning so'zlariga ko'ra, 2021 yilda "Chelsi"ni boshqargan payti Yevropa chempionati o'yinlari "Uembli"da o'tayotganida stadiondagi muhit va butun mamlakatning hayajoni uni juda ilhomlantirgan. Shundan keyin u vakiliga qo'ng'iroq qilib, avval "Chelsi" bilan barcha sovrinlarni yutishni, keyin esa Angliya termasida ishlashni xohlashini aytgan.
Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxel "Chelsi"ni 2021 yil yanvaridan 2022 yil sentyabrigacha boshqargan. Angliya milliy jamoasidagi lavozimni esa 2025 yil boshida qabul qilib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!