date

Milan Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Milan Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Italiya chempionatida uzoqroq muddat qolishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, mavsum yakunida klub rahbariyati futbolchiga bitimni yana bir mavsumga uzaytirishni taklif qilishi mumkin. Hozirgi shartnoma 2026 yil yozigacha mo'ljallangan bo'lib, uni yana bir yilga cho'zish opsiyasi ham bor.

Ta'kidlanishicha, Modrichning o'zi ham jamoadagi faoliyatidan mamnun, biroq kelajagi bo'yicha yakuniy qarorni hali qabul qilmagan.

Modrich joriy mavsum A Seriyada 22 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol urdi va 3 assist qayd etdi. U milanliklar safida 2025 yil yozidan beri to'p tepmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Milan Modrich bilan shartnomani uzaytirishi mumkin