date

Messi 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin

Messi 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin

Lionel Messi kelasi yozda Argentina terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatida maydonga tushmasligi ehtimoli bor. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialda o'ynamaslik variantini ham ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qaror ko'p jihatdan uning jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. Messi o'zini 100 foizga tayyor his qilmasa, hatto juda kichik pasayish bo'lsa ham, jahon chempionatiga bormaslikni afzal ko'rishi mumkin.

Shuningdek, Messi MLS darajasini mundial oldidan eng yuqori sport formasiga chiqish uchun yetarlicha raqobatli emas, deb hisoblaydi. Shu sabab u bu omilni faqat to'liq jismoniy tayyorgarlik evaziga qoplash kerakligini yaxshi tushunadi.

2026 yilgi jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida sovrinini himoya qiladi. O'tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi 2026 yilgi jahon chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin