date

Kir'yakov Safonov dunyodagi eng kuchli klubda o'ynamoqda

Kir'yakov Safonov dunyodagi eng kuchli klubda o'ynamoqda

“Gamburg”ning sobiq futbolchisi Sergey Kir'yakov rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning “PSJ”dagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kir'yakovning ta'kidlashicha, futbolda ba'zan imkon yo'qdek ko'rinadi, ammo vaqt o'tib futbolchi uchun hal qiluvchi vaziyat paydo bo'ladi.

“Ana shu imkon Safonov uchun keldi. Final, ehtimol, eng kuchli musobaqa emasdir, lekin u o'z shansidan mahkam ushladi. Endi asosiy vazifa — o'rnini saqlab qolish, bu esa ancha qiyin. Qolganini esa vaziyat ko'rsatadi”, — deya Kir'yakovning so'zlarini “RB Sport” keltirdi.

Mutaxassis Safonovning keyingi taqdiri ko'p jihatdan uning ruhiy tayyorgarligiga bog'liqligini aytdi, chunki u hozir, ehtimol, sayyoradagi eng kuchli jamoada to'p surmoqda.

Eslatib o'tamiz, mavsum davomida Safonov “PSJ”ning asosiy tarkibidan joy olib, Lyuka Shevalyeni zaxiraga o'tkazdi. Rossiyalik posbon hisobida 7 ta o'yin, 5 ta o'tkazib yuborilgan gol va 3 ta “quruq” uchrashuv bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kir'yakov Safonov dunyodagi eng kuchli klubda o'ynamoqda