date

Jorje Jezush Ronaldu yaqin o'yinda dam olishini aytdi

Jorje Jezush Ronaldu yaqin o'yinda dam olishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchining yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

«Jadval juda tig'iz. Shuning uchun Ronalduga va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin bor», — dedi Jezush. Uning so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy, shuningdek, Ronalduning dam olishi yangilik emasligini ta'kidladi: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda avval ham bir necha bor qatnashmagan.

Saudiya chempionatida «Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jorje Jezush Ronaldu yaqin o'yinda dam olishini aytdi