Messi JCh-2026da Argentina safida o'ynamasligi mumkin

Lionel Messi kelasi yoz bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi ehtimoli bor. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialni o'tkazib yuborish variantini ham istisno qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbada aytilishicha, hammasi futbolchining jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. Messi o'zini 100 foizga tayyor his qilmasa, hatto 1 foiz kamlik bo'lsa ham, Jahon chempionatiga bormaslikka qaror qilishi mumkin.
Messi MLS darajasi yetarlicha raqobatbardosh emas, deb hisoblaydi va bu musobaqaga eng yuqori formaga chiqishni qiyinlashtirishi mumkinligini tushunadi. Shu sabab u bu omilni to'liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash zarurligini anglab turibdi.
2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida o'z unvonini himoya qiladi. O'tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!