date

Kun'ya soch oldirmayotgan muxlis haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

Kun'ya soch oldirmayotgan muxlis haqidagi gaplarga munosabat bildirdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kun'ya klub muxlisi jamoa ketma-ket besh g'alaba qayd etmaguncha soch-soqolini oldirmaslikka qaror qilgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Qizil iblislar" deyarli 500 kundan beri beshta uchrashuvni ketma-ket yuta olmayapti. Shu sababli Frank Aylet ismli muxlis shu vaqt davomida sochini o'stirib yuribdi.

Kun'yaning aytishicha, odamlar ko'proq muxlisning soch turmagini muhokama qilmoqda, g'alabalar esa ikkinchi planga tushib qolgan. Hujumchi uchun esa eng muhimi — turnir jadvalidagi 15 ochko: u muxlis qachon soch oldirishiga befarq ekanini ta'kidladi. Jamoa ichida bu mavzu ba'zan tilga olinadi, biroq bu holat futbolchilarni kuchli rag'batlantirmaydi va ular buni "zo'r" deb ham hisoblamaydi. Kun'ya bu voqea ortiqcha shov-shuvga sabab bo'layotganini ham qo'shib o'tdi.

23 fevral kuni Maykl Kerrik jamoasi safarda "Everton"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kun'ya soch oldirmayotgan muxlis haqidagi gaplarga munosabat bildirdi