date

Messi JCH-2026da ishtirok etmaslik ehtimolini ko'rib chiqmoqda

Messi JCH-2026da ishtirok etmaslik ehtimolini ko'rib chiqmoqda

Lionel Messi 2026 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida maydonga tushmasligi mumkin. The Touchline xabariga ko'ra, 38 yoshli hujumchi mundialga bormaslik variantini ham istisno qilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, barchasi Messining jismoniy holatiga bog'liq bo'ladi. Agar u o'zini hatto 1 foizga bo'lsa ham to'liq tayyor, ya'ni 100 foiz holatda his qilmasa, jahon chempionatiga yo'l olmaslikka qaror qilishi mumkin.

Messi MLSdagi raqobat darajasi mundialga maksimal formaga chiqish uchun yetarli emas, deb hisoblaydi. Shu bois Argentina sardori bu kamchilikni faqat mukammal jismoniy tayyorgarlik bilan qoplashi zarurligini yaxshi tushunadi.

2026 yilgi jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida o'z titulini himoya qiladi. Avvalgi mundial finalida “albiseleste” Fransiya bilan 3:3 hisobidagi durangdan so'ng penaltilar seriyasida g'alaba qozongan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi JCH-2026da ishtirok etmaslik ehtimolini ko'rib chiqmoqda