date

Kunya soch qirdirmaydigan muxlis haqidagi munosabatni aytdi

Kunya soch qirdirmaydigan muxlis haqidagi munosabatni aytdi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Mateus Kunya jamoa ketma-ket besh g‘alabaga erishmaguncha sochini qirdirmaslikka qaror qilgan klub muxlisi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Qizil iblislar" qariyb 500 kundan beri beshta o‘yinni ketma-ket yutolmayapti. Shu bois Frenk Aylett ismli muxlis shu vaqt davomida sochini o‘stirib kelmoqda.

"Odamlar ko‘proq uning soch turmagini muhokama qiladi, bizning g‘alabalarimizni emas. Men uchun u qachon soch oldirishi umuman muhim emas, menga faqat 15 ochko kerak. Ha, ba’zan bu mavzu haqida gaplashamiz, lekin u bizni kuchli motivatsiya qilmaydi. Biz buni zo‘r narsa deb ham hisoblamaymiz. Eng ko‘p istaydigan ham o‘zimiz — besh yoki undan ko‘p o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozonish. Ammo bu vaziyat, nazarimda, ortiqcha e’tibor tortyapti", — dedi Kunya RomarioTVga bergan intervyusida.

23-fevral kuni Maykl Karrik jamoasi safarda "Everton"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kunya soch qirdirmaydigan muxlis haqidagi munosabatni aytdi