Al-Nasr murabbiyi Ronaldo yaqin o'yinda dam olishini aytdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohlab berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi yaqin orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, aynan shu o‘yinda yana tarkibdan joy olmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronaldoga va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy bunga sabab sifatida oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim uchrashuv borligini keltirdi.
“Ronalduga dam berilishi yangilik emas. Bu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan o‘yinlarda uning ishtirok etmay qolishi birinchi holat emas”, — deya Jezushning so‘zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!