date

Karvaxal Aleksander-Arnoldni zaxiradan turib masxara qildi

Karvaxal Aleksander-Arnoldni zaxiradan turib masxara qildi

"Real Madrid" va "Real Betis" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda kutilmagan voqea yuz berdi. Madridliklar himoyachisi Dani Karvaxal zaxira o'rindig'ida o'tirgan holda jamoadoshi Trent Aleksander-Arnoldning harakatlarini masxara qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kamera ob'ektiviga tushib qolgan tasvirlarda tajribali himoyachining ingliz futbolchisi ustidan kulayotgani aks etgan. Karvaxal aynan Trentning himoyadagi sustkashligi va ish tezligini tanqidiy ohangda ko'rsatib bergan.


Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo'ldi. Ko'plab muxlislar Karvaxalning bu harakatini jamoadoshiga nisbatan hurmatsizlik deb baholamoqda.

Hozirda Dani Karvaxal murabbiy Alvaro Arbeloa qo'l ostida kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Uning maydondagi o'rnini aynan Aleksander-Arnold egallagan bir paytda bunday munosabat jamoa ichidagi muhitga ta'sir qilishi mumkin.

"Real Madrid" rahbariyati yoki futbolchilarning o'zi hozircha ushbu video lavha bo'yicha rasmiy munosabat bildirmadi. Mazkur bahs durang natija bilan yakunlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karvaxal Aleksander-Arnoldni zaxiradan turib masxara qildi