Qirol Charlz III 19 yildan so‘ng AQSHga rasmiy tashrif buyurdi

Qirol Charlz III 19 yildan so‘ng AQSHga rasmiy tashrif buyurdi
Qisqacha

Qiroli Charlz III 19 yil tanafusdan so'ng rasmiy tashrif bilan AQShga bordi. U 27-aprel kuni rafiqasi Qirolicha Kamilla bilan birga Vashingtonga yetib keldi va ularni Donald Tramp kutib oldi. Tashrif davomida Qiroli Charlz III AQSh Kongressida nutq so'zlashni rejalashtirmoqda, bu Britaniya monarxining Kongressda ikkinchi marta chiqishi hisoblanadi. Tashrif, shuningdek, AQSh va Buyuk Britaniya o'rtasidagi siyosiy munosabatlar murakkab davrni boshdan kechirmoqda.

Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III 19 yillik tanaffusdan so‘ng rasmiy tashrif bilan AQSHga bordi. Kecha, 27 aprel kuni u rafiqasi Qirolicha Kamilla bilan birga Vashingtonga yetib kelgan. Ularni Donald Tramp va AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp Oq uyda tantanali tarzda kutib olgan.

Bu tashrif Britaniya monarxining AQSHga 2007 yildan beri ilk rasmiy safari hisoblanadi. Tashrifning dastlabki kunlari diplomatik uchrashuvlar va rasmiy marosimlar bilan boshlandi.

Bugun, 28 aprel kuni Charlz III AQSH Kongressining har ikki palatasi oldida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Bu voqea tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, Britaniya monarxining AQSH parlamentida ikkinchi marta chiqishi sifatida qayd etiladi. Avvalroq, 1991 yilda qirolicha Elizabet II Kongressda nutq so‘zlagan edi.

Qirol Charlz III 19 yildan so‘ng AQSHga rasmiy tashrif buyurdi

Tashrif dasturi davomida qirol va qirolicha Nyu-York shahriga ham yo‘l olishadi. U yerda ular 2001 yil 11 sentyabr teraktlari qurbonlarining xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur tashrif ayni paytda AQSH va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar murakkab davrni boshdan kechirayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, Donald Trampning Yevropaga nisbatan tashqi siyosati bu munosabatlarga ta’sir ko‘rsatmoqda, deb baholanmoqda.

Shunga qaramay, AQSH Prezidenti qirolning tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirgan.

Qirol Charlz III 19 yildan so‘ng AQSHga rasmiy tashrif buyurdi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar