date

"Real Madrid" jamoasi "Jirona" bilan durang o'ynab, muhim ochkolarni boy berdi

"Real Madrid" jamoasi "Jirona" bilan durang o'ynab, muhim ochkolarni boy berdi

"Real Madrid" Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida safarda "Jirona" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Ushbu natija madridliklarning chempionlik poygasidagi imkoniyatlariga jiddiy zarba berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Uchrashuvning 51-daqiqasida Federiko Valverde uzoq masofadan kuchli zarba yo'llab, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Biroq oradan o'n daqiqa o'tib, mezbonlar yarim himoyachisi Lemar muvozanatni tikladi.


O'yin davomida Kilian Mbappe va Vinisius bir qator xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgan bo'lsa-da, "Jirona" darvozaboni Gazzaniga o'z mahoratini ko'rsatib, jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi.

Bahsning so'nggi daqiqalarida Mbappe raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq hakam VAR tizimi bilan maslahatlashgan holda penalti belgilashga asos topmadi.


Hozirda "Real Madrid" 70 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" bilan farq olti ochkoni tashkil etadi, ammo kataloniyaliklar zaxirasida yana bitta o'yin mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Real Madrid" jamoasi "Jirona" bilan durang o'ynab, muhim ochkolarni boy berdi