Gavi olti oylik tanaffusdan so'ng safga qaytdi

Gavi olti oylik tanaffusdan so'ng safga qaytdi
Qisqacha

Gavi olti oy davomida davom etgan jarohat va operatsiyadan so'ng, "Barselona" jamoasiga qaytdi. U "Sevilya"ga qarshi o'yin ro'yxatiga kiritildi va umumiy guruh mashg'ulotlariga to'liq qaytdi. Bosh murabbiy Flik uchun bu qaytish muhim ahamiyatga ega, chunki Frenski de Yong jarohatlangan va Gavi maydonga tushishi jamoaning o'yiniga ijobiy ta'sir ko'rsatishi kutilmoqda.

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi tizzasidagi og'ir jarohat va operatsiyadan so'ng shifokorlar ruxsatini oldi. Yarim yildan ortiq davom etgan tiklanish jarayoni yakunlanib, futbolchi «Sevilya»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Klub matbuot xizmati 21 yoshli futbolchining umumiy guruh mashg'ulotlariga to'liq qaytganini tasdiqladi. «La Masia» tarbiyalanuvchisi bo'lgan Gavi jamoaning so'nggi safar o'yinlarida hamrohlik qilib, jismoniy holatini tiklab bordi.

Gavi olti oylik tanaffusdan so'ng safga qaytdi

Bosh murabbiy Flik uchun bu qaytish ayni muddao bo'ldi. Frenki de Yong jarohat sabab safdan chiqqan bir paytda, Gavining maydonga tushishi markaziy chiziqdagi raqobat va shijoatni oshirishi kutilmoqda.

Klub shifokorlari futbolchini ehtiyotkorlik bilan asosiy tarkibga qaytarishmoqda. Gavi yakshanba kungi bahsda zaxiradan maydonga tushishi va jamoasiga taktik ustunlik berishi mumkin.

Gavi olti oylik tanaffusdan so'ng safga qaytdi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar