Jezush Ronalduga dam berildi, u navbatdagi o'yinni o'tkazib yuboradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, bu o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.
«Jadval juda tig'iz. Shuning uchun Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qancha futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bor», — dedi Jezush. Murabbiy so'zlarini Al Nassr Zone keltirdi.
Jezushning ta'kidlashicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda birinchi marta ishtirok etmayotgani yo'q.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» o'yini shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!