Yevropada Oppo Find X9 Ultra sotuvlari rekord o’rnatdi

Oppo kompaniyasining yangi Find X9 Ultra kamerofoni Evropada katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Qurilma 26 ta davlatda, jumladan, Ispaniya, Italiya va Frantsiyada sotuvga chiqdi va talab yuqori bo'lgani sababli ba'zi mamlakatlarda onlayn do'konlarda uzilishlar kuzatildi. Frantsiyada 512 GB xotiraga ega model to'liq sotilib ketdi, va mijozi 2 oydan ortiq kutishga majbur bo'lmoqda. Ispaniyada oldindan buyurtmalar soni o'tgan yilga nisbatan 3 barobar oshdi.
Xitoyning «Oppo» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan yangi «Find X9 Ultra» kamerofoni Yevropa bozorlarida katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Qurilma Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Shvetsiya kabi 26 ta davlatda rasman sotuvga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Talabning yuqoriligi sababli ayrim mamlakatlarda onlayn do'konlar faoliyatida uzilishlar kuzatildi.
Fransiya bozorida smartfonning 512 GB xotiraga ega talqini to'liq sotib bo'lindi. Hozirda ushbu modelni buyurtma qilgan mijozlar yetkazib berishni ikki oydan ortiq kutishlariga to'g'ri kelmoqda.
Qurilmaning narxi yuqori bo'lishiga qaramay, xaridorlarning qiziqishi pasaygani yo'q.
Ispaniyada yangi modelga berilgan oldindan buyurtmalar soni o'tgan yilgi ko'rsatkichdan 3 barobar oshib ketdi. Italiyada esa sotuvlar boshlangan dastlabki uch soat ichida rasmiy saytga tashrif buyuruvchilar oqimi keskin ortib, tizim ishida nosozliklar keltirib chiqardi.
Ayniqsa, 1 TB xotirali yuqori unumdor versiya va «Hasselblad Earth Explorer Master Kit» to'plami eng ko'p talab qilinadigan mahsulotlarga aylandi. Ikkilamchi bozorda ushbu to'plamlar narxi sun'iy ravishda oshirilgan holda qayta sotilayotgani qayd etilgan.































Izohlar 0
…