Maykl Olise Bavariyadagi ilk bor Bundesligani o‘tkazib yuboradi

«Bavariya»ning qanot hujumchisi Maykl Olise Germaniya chempionatining «Verder»ga qarshi navbatdagi o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘tgan turda fransuz futbolchi mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini olgandi. Shu sabab u diskvalifikatsiya qilindi va jamoasiga yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda yordam bera olmaydi. Bu Olise 2024 yil yozida «Kristal Pelas»dan Myunxen klubiga o‘tgach, Bundesligada ilk bor o‘yin qoldirishi bo‘ladi.
24 yoshli vinger bungacha «Bavariya» safidagi 55 ta uchrashuvning barchasida qatnashib, 22 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy tarkibdagi hech bir futbolchi bunday barqarorlik ko‘rsatkichiga ega emas.
Bundesliganing 22-turi doirasidagi «Verder» — «Bavariya» bahsi 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!