date

Al-Hilol Nunesni chempionat ro'yxatidan chiqardi, Benzema kiritildi

Al-Hilol Nunesni chempionat ro'yxatidan chiqardi, Benzema kiritildi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida arab chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy chempionat uchun arizadan chiqarib, klubga yangi ko'chib kelgan Karim Benzemaga joy bo'shatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Nunes jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun ro'yxatda qoldi va u yerda «Al-Hilol» safida qatnashishda davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib kelmoqda, hozircha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan va 2022 yilgi Qatar jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Nunesni chempionat ro'yxatidan chiqardi, Benzema kiritildi