YECHL yarimfinali start oldi: PSJ bugun "Bavariya"ni qabul qiladi

Yevropa Chempionlar ligasining yarimfinal bosqichi nihoyat start olmoqda va bugungi kun futbol muxlislari uchun katta shouga aylanishi kutilmoqda. Ushbu bosqich doirasida jamoalar ilk bellashuvda maydonga chiqadi.
Chorak finalda “Liverpul”ni ortda qoldirgan PSJ oʻz maydonida Germaniya grandi “Bavariya”ni qabul qiladi. Ikki gigant oʻrtasidagi toʻqnashuv nafaqat natija, balki oʻyin sifati jihatidan ham yuqori darajada boʻlishi kutilmoqda.
Ushbu markaziy bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi. Parijdagi uchrashuvda har ikki jamoa finalga ilk qadamni tashlash uchun bor imkoniyatini ishga solishi aniq.
Yarimfinalning ikkinchi juftligida esa “Atletiko” va “Arsenal” jamoalari oʻzaro kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv ertaga, yaʼni chorshanba kuni boʻlib oʻtadi va u ham katta qiziqish uygʻotmoqda.
Qisqacha aytganda, futbolning “eng qiziq pallasi” boshlandi — endilikda har bir oʻyin finaldek ahamiyatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!