date

Saka Mbappe bilan solishtirilishiga qarshi chiqdi

Saka Mbappe bilan solishtirilishiga qarshi chiqdi

Angliya terma jamoasi hujumchisi Bukayo Saka Jahon chempionati chorak finali doirasidagi Fransiya bilan o'yin oldidan Kilian Mbappe bilan solishtirilishiga munosabat bildirdi. «Arsenal» yulduzi Senegal ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'zining turnirdagi uchinchi golini nishonladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Saka jurnalistlar bilan suhbatda Mbappening mahoratini yuqori baholadi. «Maqtov uchun rahmat, lekin yo'q...

Menimcha, dunyoda faqat bitta Kilian Mbappe bor! Shu bilan birga, men ham yagonaman.

Men shunchaki o'zim bo'lishni va jamoamga qo'limdan kelganicha yordam berishni xohlayman», — dedi futbolchi.

Hujumchi turnirda ko'plab iqtidorli yoshlar borligini, jumladan, jamoadoshi Jud Bellingem ham ajoyib o'yin ko'rsatayotganini ta'kidladi. Sakaning so'zlariga ko'ra, u uchun shaxsiy sovrinlardan ko'ra musobaqada g'olib chiqish muhimroq hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Mbappe ayni damda beshta gol bilan to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. Angliya terma jamoasi esa turnirda eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi.

Ikki jamoa o'rtasidagi chorak final bahsi shanba kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Saka Mbappe bilan solishtirilishiga qarshi chiqdi