Arteta «Arsenal» yetakchilari jarohati haqida ma’lumot berdi

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning bir necha yetakchi futbolchilari holati haqida ma'lumot berdi. Yarim himoyachi Emil Smit-Rou sentyabr oyidagi jarrohlik amaliyotidan so'ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Smit-Rou so'nggi kunlarda mashg'ulotlarda qatnasha olmagan, biroq kelasi haftadan umumiy guruhga qo'shilishi kutilmoqda. Arteta futbolchining jamoa uchun muhimligini va uni tezroq maydonda ko'rishni istashini ta'kidladi.
Shuningdek, Jahon chempionatida ishtirok etgan Bukayo Saka va Gabriel Martinelli ham London klubi ixtiyoriga qaytgan. Braziliya va Angliya terma jamoalari safida chorak finalgacha yetib borgan hujumchilar «Vest Xem»ga qarshi o'yinda ishtirok etishga tayyor.
«Gabi bugun mashg'ulotlarda katta energiya bilan qatnashdi. Ular jamoa ritmiga tezda moslashib ketishadi.
Har ikki futbolchi ham maydonga tushishga intilmoqda», — dedi Arteta. Gabriel Jesusning jarohati sababli hujum chizig'ida muammolar yuzaga kelgan bir paytda, ushbu futbolchilarning qaytishi jamoa uchun katta yordam bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!