Kairat himoyachisi Mbappe bilan futbolka almashganini esladi

Qozog‘istonning «Kairat» klubida to‘p surayotgan himoyachi Aleksandr Martynovich UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi o‘yindan so‘ng «Real» yulduzi Kilian Mbappe bilan futbolka almashgani haqida gapirib berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, uchrashuvdan keyin stadionning yo‘lak qismida u Mbappedan futbolkasini so‘ragan va hujumchi bunga darhol rozi bo‘lgan. Martynovich keyin o‘z futbolkasi ham kerakmi, deb so‘raganida, Mbappe “albatta” deb javob berib, almashinuvni yakunlagan. Bu haqda u «Match TV» efirida izoh berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Kairat» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv o‘tgan yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan, unda Madrid klubi 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing