date

Yigitali Mamajonov:"Hammasi bo'lib 6 ta farzandim bor"

Yigitali Mamajonov:"Hammasi bo'lib 6 ta farzandim bor"

Aktyor Yigitali Mamajonov bilan bo‘lgan suhbat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi. Unda aktyorga oddiy, lekin ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol berildi: “3 ta farzand katta qilyapsiz-a?”

Aktyor esa bu savolga kutilmagan tarzda javob qaytardi: “Hammasi bo‘lib 6 ta”.

Shundan keyin u mavzuga yanada chuqurroq to‘xtalib, o‘z ishonchi va umidini ochiq aytdi:

“InshaAlloh, birga bir kun kelib hammamiz birlashamiz. Albatta umid qilaman bu narsaga. Bu haqida ko‘p so‘raganman. Ko‘nglim hotirjam. Har bir qalb egasini Olloh to‘g‘ri tushunishga undaydi baribir”.

Aktyorning bu gaplari ko‘pchilikka “ichki xotirjamlik” va “umidni yo‘qotmaslik” kayfiyatini berdi. U o‘z fikrida shuni urg‘uladi: inson ba’zan hammasini nazorat qila olmasligi mumkin, lekin niyat va ishonch — odamni tik tutib turadigan eng kuchli tayanch.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Yigitali Mamajonov:"Hammasi bo'lib 6 ta farzandim bor"