Kejakov Inter Juventusni ishonchli yengishiga ishonadi

“Zenit”ning sobiq futbolchisi Aleksandr Kejakov Italiya A Seriyasida “Inter” va “Yuventus” o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bahs haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, “Inter” o‘z maydonidagi o‘yinda ustun keladi. Kejakov hisob borasida 2:0 yoki 3:1 variantlarini tilga oldi va milanliklar raqibini “parchalab tashlashi” mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, u uchrashuvda Chalkanog‘lu gol urish yoki golli uzatma bilan ajralib turishiga ishora qildi.
A Seriyaning 25-turi doirasidagi “Inter” – “Yuventus” uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 00:45 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalarning ilk davradagi o‘yinida “Inter” safarda “Yuventus”ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!