date

Maykl Olise Bundesligadagi ilk o'yinini o'tkazib yuboradi

Maykl Olise Bundesligadagi ilk o'yinini o'tkazib yuboradi

“Bavariya”ning qanot hujumchisi Maykl Olise Germaniya chempionatining navbatdagi turida “Verder”ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'tgan turda fransuz futbolchi mavsumdagi beshinchi sariq kartochkasini olib, diskvalifikatsiyaga uchradi. Shu bois u yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu Olise uchun 2024 yil yozida “Kristal Pelas”dan “Bavariya”ga o'tganidan beri Bundesligada birinchi bor o'yinni o'tkazib yuborishi bo'ladi.

24 yoshli futbolchi bungacha Bundesligada ketma-ket 55 ta o'yinda qatnashib, 22 ta gol urdi va 36 ta golli uzatma berdi. “Bavariya”ning hozirgi tarkibida bunday sermahsullik ko'rsatkichiga ega futbolchi yo'q.

Germaniya chempionatining 22-turi doirasidagi “Verder” — “Bavariya” uchrashuvi 14 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maykl Olise Bundesligadagi ilk o'yinini o'tkazib yuboradi