date

Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash haqida fikr bildirdi

Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash haqida fikr bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garri Keyn Bundesliganing shanba kungi «Verder»ga qarshi bahsida (3:0) ikki bor gol urdi. Angliyalik forvard 22-daqiqada penaltini aniq ijro etdi, 25-daqiqada esa o‘yindan gol kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

32 yoshli futbolchining Germaniya chempionatidagi joriy mavsumida hisobida 26 ta gol bor, finishgacha esa 12 tur qoldi. Jurnalistlar undan Robert Levandovskining Bundesligadagi 41 gollik rekordini yangilash imkoniyati haqida so‘rashdi.

«Hamma narsa bo‘lishi mumkin, ammo hozircha bu natijadan ancha uzoqdaman. Bu rekord aql bovar qilmas darajada. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va jamoaga yordam bera olayotganimdan xursandman. Aprelda qanday holatda bo‘lishimni ko‘ramiz — shundan keyin rekord haqida o‘ylayman. Hozir esa keyingi o‘yinga e’tibor qaratish kerak», — deya Keynning so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.

Qayd etilishicha, «Verder» darvozasiga urilgan ikkinchi gol Keyn uchun professional faoliyatidagi 500-gol bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Garri Keyn Levandovski rekordini yangilash haqida fikr bildirdi