date

Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning dam olayotganini aytdi

Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning dam olayotganini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada yana safga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham u jamoa ro‘yxatidan joy olmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, murabbiylar shtabi tig‘iz taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi bir nechta futbolchini asrashga qaror qilgan. Chunki oldinda chempionatdagi muhim «Al-Fateh»ga qarshi bahs bor.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda murabbiy: Ronalduning dam olishi yangilik emas, u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni avval ham bir necha bor o‘tkazib yuborgan, dedi.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning dam olayotganini aytdi