date

Huawei Xitoyda MacBook raqobatchisi bo'lgan MateBook 14 noutbugini sotuvga chiqardi

Huawei Xitoyda MacBook raqobatchisi bo'lgan MateBook 14 noutbugini sotuvga chiqardi

Huawei kompaniyasi o'zining yangi MateBook 14 HarmonyOS Edition noutbugini Xitoy bozorida sotuvga chiqardi. Qurilma Pura 90 seriyasidagi flagman smartfonlar bilan bir vaqtda taqdim etilgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozirda yangi model VMall brend do'konlarida va hamkor tarmoqlarda sotilmoqda.

Noutbuk 14,2 dyuymli OLED ekran bilan jihozlangan bo'lib, u 2.8K aniqlik va 120 Gts yangilanish chastotasini qo'llab-quvvatlaydi. Displeyning maksimal yorqinligi 600 nitga yetadi.

Shuningdek, ko'zni charchatmaydigan va quyosh nurida akslanishni kamaytiradigan PaperMatte qoplamali maxsus versiyasi ham taklif etilmoqda.

Qurilma asosini Kirin X90 protsessori va sun'iy intellekt funksiyalariga ega HarmonyOS 6.1 operatsion tizimi tashkil etadi. Noutbuk 32 GB gacha tezkor xotira va 1 TB gacha doimiy xotira bilan ta'minlangan.

Ikki ventilyatorli sovutish tizimi va 70 Vt/soat quvvatli akkumulyator qurilmaning 21 soat davomida video ijro etishiga imkon beradi.

Yangi model Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0 va NearLink texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi. MateBook 14 bir nechta ranglarda, jumladan kulrang va pushti variantlarda ishlab chiqarilmoqda.

Qurilmaning boshlang'ich narxi 970 dollar etib belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Huawei Xitoyda MacBook raqobatchisi bo'lgan MateBook 14 noutbugini sotuvga chiqardi