date

Ikardi het-trik qilib Galatasaray tarixiga rekord bilan kirdi

Ikardi het-trik qilib Galatasaray tarixiga rekord bilan kirdi

Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray Eyupsporni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘lib, u raqib darvozasiga uch bor aniq zarba yo‘lladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu het-trik Ikardiga Galatasaray tarixida eng ko‘p gol urgan legioner maqomini olib keldi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha ruminiyalik Gheorghe Hadhjini ortda qoldirdi: Hadhjida 75 gol bo‘lgan bo‘lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor.

Klubning umumiy to‘purarlari reytingida esa argentinalik futbolchi hozircha yettinchi o‘rinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, Mauro Ikardi Galatasaray safida 2023 yildan beri to‘p suradi, avvalroq u PSJ sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi het-trik qilib Galatasaray tarixiga rekord bilan kirdi