Arbeloa Benfika bilan uchrashuv qiyin kechishini tan oldi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, jamoa Lissabonda yuqori saviyadagi futbol ko‘rsatishi shart. Arbeloa bu safar ham oson bo‘lmasligini ta’kidlab, seshanba kuni g‘alaba uchun bor kuchni ishga solish kerakligini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so‘nggi turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida yutqazgan, bu natija portugaliyaliklarga pley-off yo‘llanmasini taqdim etgandi.
Chempionlar ligasi pley-off saralash bosqichidagi «Benfika» — «Real» o‘rtasidagi ilk uchrashuv 17 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!