date

Ikardi Eyu'psporga uch gol urib klub rekordini yangiladi

Ikardi Eyu'psporga uch gol urib klub rekordini yangiladi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyu'pspor»ni yirik hisobda mag'lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo'ldi: u het-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu uch gol Ikardiga «Galatasaray» tarixida eng ko'p gol urgan legioner sifatida yangi rekord o'rnatish imkonini berdi. U bu ko'rsatkich bo'yicha ruminiyalik Georgе Hadjini ortda qoldirdi: Hadjining hisobida 75 gol bor edi, Ikardining jamg'armasi esa 76 taga yetdi.

Klubning umumiy to'purarlari ro'yxatida argentinalik futbolchi hozircha yettinchi o'rinda bormoqda. Eslatib o'tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri «Galatasaray» safida to'p surmoqda, undan avval u «PSJ» sharafini himoya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ikardi Eyu'psporga uch gol urib klub rekordini yangiladi