Tomas Frank APLdagi uch klub diqqat markazida

Londonning “Tottenhem” klubini avval boshqargan Tomas Frank yozda yana murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, 52 yoshli daniyalik mutaxassisga Angliya Premyer-ligasining birdaniga uch jamoasi qiziqish bildirmoqda. Mavsum yakunida murabbiylar bo‘yicha o‘zgarishlar kutilayotgan klublar qatorida “Kristal Pelas”, “Fulhem” va “Bornmut” tilga olinmoqda.
Frankning so‘nggi ish joyi “Tottenhem” bo‘lib, u jamoani 2025 yil yozidan joriy yil fevraligacha boshqargan. Avvalroq u “Brentford”, “Brondbyu” hamda Daniya yoshlar terma jamoalarida ham ishlagan.
APLning 26-turidan keyin “Tottenhem” 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing