Arbeloa Benfika bilan uchrashuv qiyin kechishini aytdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan bahs oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis «Real» Lissabonda yuqori saviyadagi o'yin ko'rsatishi shartligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, uchrashuv oson bo'lmasligi aniq va seshanba kuni g'alaba uchun jamoa bor kuchini ishga solishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so'nggi turida «Real» safarda «Benfika»ga 2:4 hisobida yutqazgandi. O'sha natija portugaliyaliklarning pley-offga chiqishiga yordam bergan.
Chempionlar ligasi pley-off yo'llanmasi uchun stykovoy raunddagi «Benfika» — «Real» o'rtasidagi ilk uchrashuv 17 fevral kuni bo'lib o'tadi. Bellashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!