Ikardi «Eyupsor»ga uch gol urib tarixiy rekord qayd etdi

Turkiya chempionatining 22-turida «Galatasaray» «Eyupsor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 5:1. Uchrashuv qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo‘ldi: u xet-trik rasmiylashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu uch gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner unvonini olib keldi. U ilgari bu ro‘yxatda peshqadam bo‘lib turgan ruminiyalik Georghe Hadjidan (75 gol) o‘tib ketdi va «Galatasaray» safidagi gollari sonini 76 taga yetkazdi.
Umumiy to‘purarlar reytingida esa argentinalik forvard hozircha yettinchi o‘rinda qayd etilmoqda. Eslatib o‘tamiz, Ikardi 2023 yildan beri «Galatasaray» sharafini himoya qiladi, undan avval u «PSJ»da to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing