Ronaldu qaytiboq gol urib, ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu maydonga qaytgan uchrashuvida gol urib, o‘zining navbatdagi o‘yinini samarali yakunladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatidagi avvalgi ikki bahsda maydonga tushmagandi. Biroq qaytganidan so‘ng darhol o‘z so‘zini aytdi: u «Al-Fateh» darvozasini 18-daqiqadayoq ishg‘ol qildi. Uchrashuv «Al-Nasr»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin tugaganidan ko‘p o‘tmay, 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida: «Yana bir qadam oldinga. Shu ruhda davom etish kerak», — deya yozdi.
Er-Riyod jamoasi Saudiya ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing