date

APL gigantlari Diomande uchun Bavariya bilan raqobatlashadi

APL gigantlari Diomande uchun Bavariya bilan raqobatlashadi

"RB Leyptsig"ning 19 yoshli vingeri Yan Diomande yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, iqtidorli futbolchi uchun kurashda "Bavariya" va Angliya Premyer-ligasining bir necha grand klublari to‘qnash keladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozircha "Leyptsig" yosh yulduz uchun aniq narx belgilab ulgurmagan, biroq futbolchiga qiziqish juda yuqori ekani qayd etilmoqda. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani esa ivuarlik vingerning salohiyatini yuqori baholaydi.

Transfermarkt Diomandening bozor qiymatini 45 mln yevroga baholagan. Shunga qaramay, avvalroq tarqalgan mish-mishlarga ishonilsa, "qizil buqalar" uni 100 mln yevro atrofida sotishni talab qilishi ham mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APL gigantlari Diomande uchun Bavariya bilan raqobatlashadi