Yan Oblak Atletiko La Liga poygasidan chiqib ketganini aytdi

Madridning «Atletiko» darvozaboni Yan Oblak La Liganing navbatdagi turida «Rayo Valyekano»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgach, jamoa o‘yinidan keskin norozi ekanini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diego Simeone shogirdlari uch kun avval Ispaniya Kubogida «Barselona»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lub etganiga qaramay, chempionatdagi bu uchrashuvda autsayderlardan biriga yutqazib qo‘ydi.
«Bu mavsumda biz La Ligani allaqachon qo‘ldan chiqardik. Bugungidek o‘yinlarni davom ettira olmaymiz. Mag‘lubiyatimiz to‘liq adolatli», — deya Oblakning so‘zlarini ispan OAVga tayanib «Gazeta.Ru» keltirdi.
Hozirda «matrasniklar» 24 turdan so‘ng 45 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Yetakchilik qilayotgan madridlik «Real»dan ortda qolish 15 ochkoni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!